Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida (U17) Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📌Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Maxmudov, Olimpiya o‘yinlari chempioni, Qirg‘iziston og‘ir atletikani rivojlantirish markazi direktori Qanibek Osmanaliyev hamda Ozarbayjon og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Vohid Nazarov ishtirok etdi.
📢Marosimda so‘z olgan vazir Adkham Ikramov Yoshlarning og‘ir atletikaga qiziqishini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) qilish, mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini yanada ommalashtirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, yosh sporchilarni nufuzli xalqaro sport musobaqalarga tayyorlashda bunday musobaqalarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
🎁Ochilish marosimi davomida musobaqaning faxriy mehmonlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅Ma'lumot o‘rnida U17 yosh toifasidagi o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati musobaqasida Turkiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirgizistondan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin eng sara atletlar 42 ta medallar jamlanmasi uchun o‘zaro bahslarga kirishdilar.
🔖Musobaqa 2024-yil 25-iyun sanasiga qadar davom etadi.