#O‘zbekiston_birinchiligi
🏋️♀️Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha U15 yosh toifasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqasi start oldi.
✅Mazkur kichik oʻsmirlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida yurtimizning har bir viloyatidan tashrif buyurgan 300 dan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Shuningdek, 20-iyun kuni U17 yosh toifasidagi Markaziy Osiyo ochiq chempionati ham boshlanib, unda 5 mamlakatdan 100 nafarga yaqin atletlar o'zaro musobaqalashadi.
📍Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro musobaqaning ochilish marosimi 20-iyun kuni soat 16:00 da o‘tkazilib, ushbu marosimda Markaziy Osiyo ogʻir atletika milliy federatsiyalarining rahbarlari hamrohligida Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) Prezidenti Muhammad Jalud janoblari ishtirok etishi kutilmoqda.