#yashil_makon
🌳Xabaringiz bor, joriy yilning aprel oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sport vazirligi tizimi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi hamda sportchilar ishtirokida “ommaviy koʻchat ekish aksiyasi” oʻtkazilgan edi.
💦Ushbu aksiya doirasida Sport vazirligi tomonidan kuz-bahor mavsumida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida ekilgan koʻchatlar parvarishi boʻyicha doimiy nazorat oʻrnatilgan.
🏆Xususan, bugun, 13-iyun kuni Universitetimizning Voleybol, basketbol, Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedralari oʻqituvchilari, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari hamda oliygohning 21 nafar talabalari tomonidan koʻchatlar holati koʻzdan kechirilib, sugʻorish ishlari olib borildi.