#oʻquv_kursi
Bugun, 6-iyun kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshchiligida Toshkent viloyatidagi oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maʼnaviyatga masʼul xodimlar uchun ZOOM platformasi orqali “Maʼrifiy targʻibot” mavzusida oʻquv kursi tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov, Yoshlar siyosati, maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boʻyicha boshqarma boshligʻi J.Mamanov, oliygoh Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi S.Eshpoʻlatov hamda tyutorlar faol ishtirok etishdi.
Oʻquv kursida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan, milliy gʻoyani rivojlantirish, maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari, madaniyat markazlarini ishga tushirish va eng muhimi maʼnaviyat – boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerakligi toʻgʻrisida qimmatli maʼruzalar qilindi.