📅Bugun, 5-iyun kuni Universitet ayol professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimalari hamda talaba-qizlar ishtirokida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bo‘limi bilan hamkorlikda “Ilmdan boshqa najot yoʻq” mavzusida tadbir tashkil etildi.
🏢Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov ochib, ayollarning oiladagi, jamiyatdagi hamda davlat qurilishi vazifalarini hal etishdagi faolliklarini yanada oshirish, erkin mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, oila muqaddasligi hususida, ularning davlat himoyasida ekanligi, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yo‘lidagi urinishlariga qarshi qaratilgan targ‘ibot ishlarni samarali tashkil qilish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar borasida to‘xtalib o‘tdi.
✔️Shundan so‘ng, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bo‘limi bosh mutaxassisi Voxidjon Xamidov so‘z olib, jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari xususida gapirib o‘tdi.
Savol-javobga boy tarzda o‘tkazilgan ushbu tadbir mavzuga oid video-lavhalar namoyishi bilan o‘z yakuniga yetdi.