#bizning_yutuqlar
2024-yil 27-may sanasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida start olgan velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha "Tour of Bo'stonliq" va "Grand Prix Chorvoq Criterium" nomli xalqaro musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Ushbu xalqaro musobaqalarda universitetimizning Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 15 nafar talabalari o‘z amaliy ko'nikmalarini oshirish maqsadida yordamchi hakam va volontyor shuningdek, 4 nafar professor-o'qituvchilari hakam sifatida jonbozlik ko'rsatmoqdalar.
Quvonarlisi, musobaqa ishtirokchilari qatorida kafedraning velosport yo‘nalishi 3-kurs talabasi Margarita Misyurina ayollar o‘rtasidagi "Tour of Bostonliq Ladies" ko‘p kunlik poygasining ikkinchi bosqichida 3:17.13 natija bilan 🥈2-o‘rinni egalladi.
👏Sportchilarimizga musobaqaning keyingi bosqichlarida ham omad tilaymiz!