#Olimpiya_sohiblari
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziatlari bilan tanishing!
✅ Dayibekova Zaynab Kazbekovna – 2002-yil 19-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida tavallud topgan. Universitet Nukus filialining qilichbozlik (sabliya) yo‘nalishi talabasi. 2016-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Birinchi murabbiyi Dauirbek Jiermuratov. Hozirda esa Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga uch karra Olimpiada chempioni Vladimir Nazlimov qoʻl ostida tayyorgarlik koʻrmoqda.
🏅Yutuqlari: Dayibekova yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichlarida 3 bor oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2022-yil yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Kattalar toifasida Jahon kubogida esa bitta bronza medaliga ega chiqqan. 2023-yil Xitoyning Usi shahrida oʻtgan Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor boʻldi. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan taqdirlangan. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Shuhrat” va “Jasorat” medallari, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
🇫🇷Parij yo'llanmasi: Dayibekova Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga koʻra sablya dasturida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.