#Olimpiya_sohiblari
✅ Habibullayev Toʻrabek Shukrullo oʻgʻli – 2004-yil 9-aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug'ilgan. Universitetning boks yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. 2022-yildan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. Murabbiyi Poʻlat Shahbozov.
🏅Yutuqlari: Isteʼdodli bokschimiz Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida -80 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2023-yilda esa kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida o‘z vazn toifasida tengsiz bo‘ldi.
🇫🇷Parij yo'llanmasi: Habibullayev joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega bo'ldi!