#talaba_yutuqlari
🤼Joriy yilning 17-18 may kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (sobiq Toshkent moliya instituti sport majmuasida) milliy va xorijiy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xalqaro kurash musobaqasining Respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.
✅Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
👉Unga koʻra, ayollar oʻrtasida +63 kg Pokiza Kamoliddinova🥇1-oʻrinni egalladi. Erkaklar oʻrtasida esa, 81 kg Samariddin Muxbiddinov hamda +81 kg Bahriddin Abdurayimovlar faxrli 🥉3-oʻrin sohibi bo'lishdi.
👏Sportchi talabalarimizga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilab qolamiz!