#xushxabar
#talaba_yutuqlari
🚣♀️Shu kunlarda Vengriyaning Seged shahrida para kanoe boʻyicha Jahon chempionati oʻtkazilmoqda.
🌟Quvonarlisi, ayollar oʻrtasidagi VL2 klassida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi 2-bosqich talabasi Irodaxon Rustamova muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
🇫🇷Sportchi talabamiz belgilangan masofani 01:04.60 soniya natijada bosib oʻtdi va 5-oʻrinni egalladi. Bu esa Irodaga Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyani taqdim etdi.
💐👏Irodaxon Rustamovani universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklab, unga kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz!