#universitet_hayotidan
🌺🪷Bugun oliygoh talabalar turar joyida talaba-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Mohir qo‘llar” to‘garagida oliygohning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Mahliyo Yoqubjonova tomonidan master-klass o‘tkazildi.
Unda bejirim buyumlardan gullar hamda o‘zidan yoqimli ifor taratuvchi turli shamlarni yasash jarayonlari ko‘rsatildi.
🏃♂️Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi dotsenti Zebo Yusupova ishtirokida talabalar uchun sport biomexanikasi bo‘yicha “Odam tayanch - harakatlanish apparati biomexanikasi” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etildi.
Ochiq ma’ruzada "FLIPPED CLASSROOM" modeli hamda interfaol usullar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mavzu haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.