#universitet_hayotidan
🏓Joriy yilning 18-oktyabr kuni Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi masʼullari Anatomiya va fiziologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda talaba-qizlar ishtirokida “GIYOHVANDLIK – ASR VABOSI” mavzusida suhbat oʻtkazishdi.
✔️Unda masʼullar tomonidan giyohvand moddalarning organizmga hamda inson turmush tarziga salbiy taʼsiri haqida atroflicha maʼlumot berildi. Oʻz oʻrnida, talaba-qizlar ham mavzuga oid jiddiy savollar bilan murojaat qilib, mazkur global muammoga befarq emasliklarini namoyish etdilar.
🧑🏻💼👩🎓Shuningdek, universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari, tyutorlar va talabalar Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda tashkil etilgan "Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida "Vatanparvarlik karvoni" tadbirida faol ishtirok etdilar.