Avstriyaning Vena shahrida boks boʻyicha oʻtkazilgan "IBA Chempionlar oqshomi"da hamyurtlarimiz, Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Shahobiddin Zoirov hamda ogʻir vazndagi umidli bokschimiz Jahongir Zokirov ringga koʻtarildi.
Jahongir Zokirov albaniyalik Fabio Kasiuga qarshi IBA kamarining yarim finalida jang oʻtkazgan boʻlsa, Zoirov -54 kilogrammda ispaniyalik Samuel Karmona bilan kuch sinashdi.
Shahobiddin Zoirov - Samuel Karmona qarama-qarshiligidagi 8 raundga moʻljallangan jang toʻliq davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan Shahobiddin Zoirov gʻolib, deb topildi va IBA chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini qoʻlga kiritdi.
Jahongir Zokirovning albaniyalik Fabio Kasiu bilan oʻtkazgan jangida esa kutilmagan holat qayd etildi. Zokirov raqibini 1 raundayoq texnik nokautga uchratib, oʻz gʻalabasini tantana qildi.