⚡️ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Afrikalik kurash federatsiyalari mutaxassislari uchun “Bir oylik intensiv onlayn kurs” ning navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
🔷 Seminarda universitet rektori Rashid Matkarimov, Xalqaro kurash assosiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy, yetakchi ekspert, xalqaro toifadagi hakam, professor Kim Eur Joong, Xalqaro kurash instituti vakillari, professor-o‘qituvchilar, kafedra talabalari, ZOOM platformasi orqali 48 nafar afrikalik kurash mutaxassislari ishtirok etdilar.
✅ Ushbu seminar mashg‘ulotlari yetakchi ekspert, xalqaro toifadagi hakam, professor Kim Eur Joong tomonidan olib borilib, seminar ishtirokchilariga kurashda hakamlik qoidalariga kiritilgan yangiliklar hamda polvonlar o‘rtasidagi kurashni xolis va to‘g‘ri baholash yuzasidan amaliy dars mashg‘ulotlari olib borildi.
Ushbu dars mashg‘ulotlarida universitetning kurash yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari ham faol ishtirok etayotganligi sababli ularda kurash hakamligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar ortib bormoqda.