#universitet_hayotidan
✅Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bir qator sport turlari boʻyicha talaba-yoshlar oʻrtasida musobaqalar tashkil etilib, ochilish marosimlarida universitet prorektorlari, boʻlim rahbarlari, kafedra mudirlari, Sport klubi masʼullari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
✔️Shuningdek, yakuniga yetgan musobaqalarning gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
🏐🏀Jumladan, universitetning Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi keng aholi qatlamlari orasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida universitet hududidagi mavjud mahalla yoshlari oʻrtasida sportning voleybol turidan “Liga” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda 100 ga yaqin mahalla yoshlari va talabalar ishtirok etdi.
🎾🏸🏓Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan stol tennisi boʻyicha talabalar oʻrtasida "Besh Tashabbus olimpiadasi" kafedralararo musobaqasi boshlandi.
🤼♀️Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Toshkent viloyati Kurash federatsiyasi hamkorligida sportning kurash turi boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida "Kurash malikalari" shiori ostida musobaqa oʻtkazildi. Bahslar yakunida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan kurashchi qizlarimiz diplom va medallarga bilan taqdirlanishdi.
🧾🏅🏆Joriy yilning 17-oktabr kuni start olgan sportning mini futbol turi boʻyicha Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari oʻrtasida tashkil etilgan Kafedra kubogi hamda tennis boʻyicha “Rektor kubogi" musobaqalari gʻolib va sovrindorlariga diplom, medal va kuboklar topshirildi. Shuningdek, mini futbol turi boʻyicha Kafedra kubogi musobaqasida "Eng yaxshi o'yinchi" nominatsiyasi sohibi homiy "Denta Serviz" tomonidan 300 ming so'mlik VAUCHER bilan mukofotlandi.