#xalqaro_ochiq_chempionat
🥋Kecha, 21-may kuni Toshkent shahridagi "Universal" sport majmuasida taekvondo WTF boʻyicha 15-"Bek Mun Chong" anʼanaviy xalqaro turniri start oldi.
🏆Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan koreyalik tajribali mutaxassis Bek Mun Chong nomi bilan oʻtkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada kattalar, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida kyorugi hamda barcha yosh toifalarida pumse yoʻnalishidagi bellashuvlar boʻlib oʻtmoqda.
📍Qayd etish joizki, unda universitetimiz Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasining 50 ga yaqin talabalari, shuningdek kafedra dotsenti Laylo Maʼmurova nafaqat hakam, balki ishtirokchi sifatida ham ishtirok etib, pumse yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
🌏Musobaqada respublikamizning barcha hududlari va qoʻshni Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya federatsiyasidan tashrif buyurgan jami 1000 nafarga yaqin sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib bormoqdalar.
📆Chempionat joriy yilning 24-may sanasiga qadar davom etadi.