KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PF-5368-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi VM-331-sonli Qarorida belgilangan topshiriq va vazifalarning ijrosini ta`minlash hamda mamlakatimizda ommaviy sport tadbirlarini yanada keng ko‘lamda tashkil etish va rivojlantirish maqsadida 2019 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida ilk bor “Sport tadbirlarini tashkil etish” kafedrasi tashkil etildi.
Kafedrada 2019-2020 o‘quv yilida “Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish” ixtisosligi ochilib, 35 nafar talaba qabul qilindi. Hozirgi kunda kefedraning ixtisosligi bakalavriyat yo‘nalishi bo‘yicha 90 nafar talabalar tahsil olishmoqda. 2021-2022 o‘quv yili bo‘yicha kafedra faoliyatida ikkita yangi yo‘nalish “Ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkillashtirish” va “Menejment (Sport tadbirlarini tashkillashtirish” magistratura mutaxassisliklari tashkil etildi, 12 nafar magistrantlar qabul qilindi va tahsil olmoqdalar.
Kafedrada ixtisoslik fanlardan tashqari sport faoliyatidagi talabalarni, “Sport sog‘lomlashtirish turizmi”, “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” hamda “Sport tadbirlarini tashkil etishning nazariy asoslari” fanlaridan tajribali professor-o‘qituvchilar dars mashg’ulotlari o‘qitib kelinmoqda.
Kafedraning istiqboldagi ilmiy-tadqiqot rejasida o‘quv fan dasturlari, shuningdek, sohaning ilg‘or innovatsion tajribalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni, yangi normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va nashr etish rejalashtirilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma’lumoti, ilmiy daraja va unvonlari hamda mutaxassisliklari kafedra ixtisosligiga mos keladi. Kafedrada 20 shtat birligi mavjud bo‘lib, ulardan: kafedra mudiri, 3 ta professor, 3 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 12 ta o‘qituvchi va 1 ta kabinet mudiri lavozimlari ajratilgan. Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 22 tadan ziyod darslik hamda o‘quv qo‘llanmalar, 80 dan ziyod uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar, qolaversa 800 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Kafedrada professor – o’qituvchilarni hamda talabalar ma’naviy savodxonligini yanada oshirish maqsadida kutubxona burchagi tashkil etilgan. Hozirda kafedra mudiri pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Xudayberdiyeva Nodira Abduyakubovna tomonidan boshqarib kelinmoqda.
Hozirgi kunda Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasida 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda va quyidagi fanlardan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi:
PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI
Kafedra mudiri, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)
Nodira Abduyakubovna Xudayberdiyeva
Qabul kunlari dushanba - chorshanba soat 16:00 - 18:00
e-mail: nodira.xudayberdiyeva@mail.ru
Tel: +99897 736 70 01
Kafedra professori pedagogika fanlari nomzodi professor
Komiljon Dehkanovich Yarashev
e-mail: K.Yarashev@uzdjtsu.uz
tel: +99898 809 56 16
Kafedra vaqtincha vazivasini bajaruvchi dotsenti
Lola Alimovna Djalilova
e-mail: L.Alimovna@uzdjtsu.uz
tel: +998 90 121 99 86
Kafedrasi katta o‘qituvchisi
Xotamjon Xusanboyevich Turobov
e-mail: turobov1986@gmail.com
tel: +99893 582 04 72
Kafedrasi o‘qituvchisi
Mamura Ergashevna Xaydarova
e-mail: M.Xaydarova@uzdjtsu.uz
tel : +998 93 540 19 62
Kafedrasi o‘qituvchisi
Sardor Mamadaliyev Abduraxmonovich
e-mail: Ss.Mamadaliyev@uzdjtsu.uz
tel: +998 90 977 76 68
Kafedrasi o‘qituvchisi
Doniyor Raximovich Tillayev
e-mail: D.Tillayev@uzdjtsu.uz
tel: +998 93 507 10 66
Kafedrasi o‘qituvchisi
Sherzod Xushmurodovich Maxmashukurov
e-mail: sherzodleon86@gmail.com
tel: +998 93 939 68 86
Kafedrasi o‘qituvchisi
Dilfuza Abidovna Soliyeva
e-mail: dilfuza.saliyeva.hatamovna-82@mail.ru
Tel: +99890 000 66 64
Kafedrasi o‘qituvchisi
Ozodbek Oripov Oybek o‘gʼli
e-mail: M.Idrisov@uzdjtsu.uz
tel: +998 99 813 82 13
Kafedrasi o‘qituvchisi
Mironshoh Idrisov
e-mail: idrisov mironshooh@uzdjtsu.uz
tel: +998 90 612 37 53
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN O‘QUV АDABIYOTLAR
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi