✔️ To‘marisning kuchi bizda!
👦 To‘maris izdoshlari — jasorat va jamoaviylik timsoli!
➡️ Joriy yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda ikkinchi marotaba o‘tkazilib kelayotgan “To‘maris izdoshlari” nomli jamoaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
🟡 Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Eldor Raxmanov ochib berib, musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.
✅ Musobaqalarda bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-qizlar faol ishtirok etishdi.
🔺 Talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan bellashuvlarda 10 ta jamoa quyidagi shartlar asosida kuch sinashdi:
🎯 “Qirq tosh” o‘yini
🐧 “Pingvinlar poygasi”
🏸 “Badminton raketkasida tennis koptokchasini olib borish”
🪢 “Arqon tortish”
🏆 Qizg‘in va hayajonli tarzda o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblikni quyidagi jamoalar qo‘lga kiritdi:
🥇 1-o‘rin — “Gandbol–Regbi” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Barchinoy” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “To‘maris” jamoasi
👏 Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✔️ “To‘maris izdoshlari” musobaqasi talaba-qizlar uchun nafaqat sog‘lom raqobat, balki birdamlik, do‘stlik va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
💠 Har bir ishtirokchi — To‘maris jasoratining davomchisi!