Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talaba qizlari “Zakovat”da bellashdilar
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar dunyoqarashi va tafakkurini turli intellektual bellashuvlar orqali boyitib borishga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, “Zakovat” intellektual o‘yini universitet talabalarining sevimli loyihalaridan biriga aylanib ulgurgan.
📍Shu munosabat bilan joriy yilning 4-noyabr kuni universitetning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari tashabbusi bilan talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
♻️Qiziqarli, aqlni charxlaydigan hamda talabalarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishga, tezkorlik, hozirjavoblik va sezgirlik xislatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan mazkur bilimlar bellashuvi shiddatli bahslarga boy bo‘ldi.