💬Germaniyada Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari qizg‘in davom etmoqda.
💬Mazkur davlatda boʻlib oʻtayotgan yozgi Universiada oʻyinlari doirasida badiiy gimnastika sport turi bo'yicha sportchimiz, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Taxmina Ikromova yakkalik bahslarning ko'pkurash dasturlarida gimnastika koptogidan 28.3 ball va gimnastika halqalarida (obruch) 27.8 balni qo'lga kiritib, har ikki dasturlarda final yo'llanmasini qoʻlga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
💬Iqtidorli sportchimizga gimnastika tayoqchalari (bulava) va gimnastika tasmalari (lenta) dasturlarida hamda keyingi kunlarda musobaqa dasturlaridan o'rin olgan final bosqichlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
🔺Ma'lumot o‘rnida:
🟡Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida dunyoning 119 mamlakatidan 5100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishmoqda.
⏺Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 11 sport turida 18 ta oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchi talabalar bilan ishtirok etmoqda.