Vazirlikning 1006 ishonch raqami hamda @EduuzuniversalBot’i orqali eng ko’p berilayotgan savollarga javoblar
❓ Qanday hollarda o‘qishni boshqa davlat OTMiga ko‘chirish mumkin?
✅ JAVOB: Faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:
🟢 Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i boshqa hududda doimiy yashasa, o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi;
🟢Talabaning ota-onasi (yoki o‘zi) davlat xizmatchisi bo‘lib, ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chgan bo‘lsa, farzandi yoki turmush o‘rtog‘ining o‘qishi o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi (tegishli vazirlik xati asosida).
❓Yo‘nalish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman. Nima qilishim kerak?
✅ JAVOB: Bir davlat OTMi ichida yo‘nalish yoki ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) o‘zgartirish mumkin.
🟢Buning uchun 5-avgustgacha transfer.edu.uz (https://transfer.edu.uz/) saytida ariza topshiriladi. Qabul qilish qarori – OTM rektorining vakolatida.
❓ Faqat ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman (masalan, kunduzgidan sirtqiga) nima qilishim kerak?
✅ JAVOB: Bunda ham vazirlikning transfer.edu.uz (https://transfer.edu.uz/) sayti orqali 5-avgustgacha ariza beriladi.