#sportda_dual_ta’lim
2024-yil 25-sentabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari Chirchiq olimpiya va paralimpiya markazi bilan o‘rnatilgan hamkorlik yuzasidan navbatdagi amaliy mashg‘ulot jarayonlarini o‘tkazishdi.
Bu galgi mashg‘ulotlar sport kurashlari hisoblangan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha olib borildi.
👆Yuqorida jarayonga oid fotolavhalar e’tiboringizga havola etilmoqda.