#zakovat
🇺🇿Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
✅Sportchilar oilasida mazkur shior ostida talabalarning bo‘sh vaqtini qiziqarli o‘tkazish va ularning intellektual bilimlarini namoyon qilishga imkon beruvchi turli tadbirlar tashkillashtirish davom etmoqda.
🏈🏒Ana shunday tadbirlardan biri, 25-sentabr kuni Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari va tyutorlar tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
👨👨👧👧Ushbu bilimdonlar bellashuvida kafedra talabalari “Liderlar”,”Everest” va “Gandbolchilar” singari jamoalariga bo‘lingan holda, qizg‘in bahs olib borishdi.
👇Yakuniy natijalar esa quyidagicha:
🥇1-o‘rin – “Gandbolchlar” jamoasi;
🥈2-o‘rin – “Liderlar” jamoasi;
🥉3-o‘rinni – "Everest” jamoasi qo‘lga kiritdi.
🏆G‘oliblarga kafedra tomonidan diplom hamda tashakkurnomalar topshirildi.