Paralimpiya fakultetining tarixi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi qabul qilingan “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-sonli qarori, Oliy ta’lim muassasalari tarkibida fakultetlarni shakllantirishga qo‘yiladigan talab va me’yorlardan kelib chiqqan holda, fakultetlardagi talabalar sonini optimallashtirish bo‘yicha universitet Kengashining 2021-yil 31-maydagi 10-sonli yigʻilish bayonnomasida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021/2022 o’quv yilidan boshlab universitet fakultetlari tarkibida quyidagi o’zgartirishlar kiritilsin “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport sogʻlomlashtirish” fakulteti negizida “Paralimpiya” fakulteti tashkil etilsin.
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kengashining 2020-yil 26-yanvardagi “5/7/1”-sonli qaroriga asoslanib Adaptiv jismoniy tarbiya va sport sog’lomlashtirish fakulteti tashkil etildi.
Paralimpiya fakultetida 3 ta kafedra faoliyat yuritadi.
“Sport psixologiyasi va pedogogika” kafedrasi
“Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati”kafedrasi
“Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi
Paralimpiya fakultetida quyidagi ta’lim yo’nalishlari mavjud:
√ 5210202- Sport psixologiya
√ 5610500 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
√ 5610507- sport faoliyati (Yengil atletika)
“Sport psixologiyasi va pedagogika” kefedrasi
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport sog’lomlashtirish” fakulteti tarkibidagi Sport psixologiya va pedagogika kafedrasi O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti “Pedagogika va psioxologiya” kafedrasi bazasida 1958-yilda tashkil etilgan.
Kafedrada 2009-yil 5210202-psixologiya (sport) bakalavr yo’nalishi ochildi. Hozirgi kunda 117 nafar talaba mazkur yo’nalish bo’yicha ta’lim olmoqda. Kafedra tashkil bo’lgandan buyon 1 nafar o’qituvchi pedagogika fanlari bo’yicha PhD nomzodlik disertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.Ayni paytda kafedra o’qituvchlaridan 3 nafari PhD disertatsiyasi, 2 nafari DSc desertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Yengil atletika kafedrasi
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Yengil atletika kafedrasi” 1955 yilda tashkil topgan. Uning birinchi kafedra mudiri Nikolay Nikolayevich Bikov bo’lgan (1955-1956, 1962-1966). L.A.Lebidiyanskaya (1956-1962), X.T.RAfiyev (1970-1974), G.G.Arzumanov (1975-1986), l.A.Malixina (1986-1987), K.T.Shakirjanova (1979-1995), E.R.Andres (1987-1999), Q.R.Qudratovich (1999-2001), T.R.Rasulova (2001-2004), L.V.Smuriygina (2004-2008), R.M.MAtkarimov (2008-2010), N.T.To’xtaboyev (2010-2013), M.S.Olimov (2013-2020) lar kafedrani boshqarib kelgan. 2020 yildan p.f.b.f.d. (PhD) I.R.Soliyev kafedra mudiri hisoblanadi.
Bugungi kundaTokio Olimpiya O’yinlariga lisenziya yutganlar.
SuxrobXodjayev – bosqon uloqtirish, Muxtasar Olimova – O’q otish, Bobur Omonov, Izzat Turg’unov, Bekjon Chevarov, Doniyor Ahmedov (magistrant) barchasi paratletikadan
“Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi
O’zbekiston respublikasi prezidentining 2017-yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takominlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni asosida 2018-yildan boshlab O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Paralimpiya sport turlari” kafedrasi tashkil qilindi va 2019-yildan boshlab kafedra nomi “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”ga o’zgartirildi.
FAKULTET DEKANI PROFESSOR PEDAGOGIKA FANLARI DOKTORI (DSC)
Tajibayev Soyib Samijanovich
E-mail: soyibjon_tajibayev@mail.ru
Telefon: +998 (93) 508-85-95
O`QUV ISHLARI DEKAN MOUVNI
Baxriddinov Xabibullo Zuxriddinovich
E-mail: baxriddinovxabibullo@gmail.com
Telefon: +998 (99) 975-44-04
YOSHLAR MASALALARI VA MANAVIY MARIFIY ISHLAR BOIYCHA DEKAN MOVUNI
Toshmurodov Maqsud Xushvaqtovich
E-mail: maqsudtoshmurodov@gmail.com
Telefon: +998 (91) 164-14-56
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi