Joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Dzyudo, sambo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi muhandislari bilan hamkorlikda Ijara xonadonlarida, talabalar turar joylarida yashovchi talabalar uchun "gazdan xavfsiz foydalanish" mavzusida targ'ibot tushuntirish ishlari o'tkazildi.
🗣️Targ'ibot ishlari davomida talabalarga maishiy gazdan xavfsiz foydalanish, avariya holatlarining oldini olish va ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
➡️ Gaz plitalaridan foydalanishdan avval ventilyatsiya tizimining to‘g‘ri ishlashi tekshirilishi kerak.
➡️ Gaz sizib chiqishi ehtimoli bo‘lgan holatlarni erta aniqlashning amaliy usullari ko‘rsatib berildi.
➡️ Gaz yoqilganda shamollatish oynalarini doimo ochiq saqlash zarurligi eslatildi.
➡️ Gaz hidi sezilganda bajarilishi lozim bo‘lgan choralar tushuntirildi:
🔘 elektr jihozlarini yoqmaslik,
🔴o‘t yoqmaslik,
🔘 darhol deraza va eshiklarni ochish.
📞 Shuningdek, favqulodda holatlarda 104 – gaz avariyasi xizmatiga murojaat qilish tartibi ham ko‘rsatib o‘tildi.