🏆Fijital sport o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Respublika final bosqichi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
✔️O‘zbekiston Fijital sport federatsiyasi tomonidan fijital sport turlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi rahbarligida jismoniy, ham intellektual jihatdan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularning xalqaro musobaqalarda ishtiroki ta’minlanmoqda.
➡️Natijada Xalqaro fijital hamjamiyatining fijital sport turlarining dunyo bo‘ylab rivojlanish jamoaviy reyting jadvalida O‘zbekiston jamoasi o‘z ballarini qo‘lga kiritib bormoqda.
✅Jumladan, 2026-yil Qozog‘iston davlatida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari - 2026” fijital sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.Mazkur fijital sport o‘yinlariga iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda milliy terma jamoani shakllantirish maqsadida joriy yilning 10 - 14 noyabr kunlari fijital sport o‘yinlarining Fijital futbol (FIFA 24 Futbol 5x5), Fijital basketbol (3x3 EA), Just dance va Lazertag yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Respublika final bosqichiga Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida start berildi.
🗣O‘zbekiston Fijital sport federatsiyasi “Uztelekom” AK homiyligida bo‘lib o‘tayotgan fijital o‘yinlarining Fijital futbol (FIFA 24 Futbol 5x5) va Fijital basketbol (3x3 EA) yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘z yakuniga yetdi.
2025-yil 11-noyabr kuni Fijital futbol (FIFA 24 Futbol 5x5) bo‘yicha musobaqalarda hududiy bosqichda g‘olib va sovrindor bo‘lgan 8ta jamoalar o‘rtasida murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 1 o‘rinni Toshkent viloyatining “Olimpic” jamoasi, 2 o‘rinni Samarqand viloyatininig “AZUR” FK jamoasi hamda 3 o‘rinni NKMKning “Alpomish” jamoalari, 4 o‘rinni qo‘lga kiritgan Andijon Davlat texnika instituti rag‘batlantiruvchi sovringa ega bo‘ldi.
➡️Shuningdek, musobaqada “Eng yaxshi ximoyachi” nominatsiyasini Xayrutdinov Marsel, “Eng yaxshi xujumchi” nominatsiyasini Kodirov Muxammadxusanbek va “Eng yaxshi pleymeyker” nominatsiyasini Shoyev Ravshan egalladi.
Musobaqalar Just dance va Lazertag yo‘nalishlari bo‘yicha 2025-yil 14 noyabr kuniga qadar davom etadi.