🟢“Sportchilarni psixologik tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
✅2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Sportchilarni psixologik tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
🗣Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, izlanuvchilar, sport maktablari hamda futbol akademiyalarining sport psixologlari, talaba va magistrantlar ishtirok etdilar.
🟡Anjumanda sportchilarning psixologik tayyorgarligini tashkil etish masalalari keng muhokama qilindi. Jumladan, b.f.d., professor G.V. Korobeynikov, b.f.d., professor L.G. Korobeynikova, p.f.d., professor J.M. Ishtaev va p.f.b.f.d., dotsent O. Xasanovlar tomonidan sportda psixofiziologik diagnostika, sport faoliyatida muvaffaqiyatning psixofiziologik mezonlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
🔺Shuningdek, sport psixologiyasi yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Jahon va Yevropa sport psixologlari tashkilotlari faoliyatining ahamiyati, ularning sport sohasidagi o‘rni hamda xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish masalalari ham anjuman doirasida muhokama qilindi.
📶Mazkur ilmiy-amaliy anjuman sportchilarni psixologik tayyorlash borasidagi ilmiy izlanishlar, tajriba almashish hamda mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.