🏆Voleybol: 19 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonlari o'rganildi.
Xabaringiz bor joriy yilning 24 iyul - 3 avgust kunlari voleybol bo'yicha 19 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi.
Yurtimiz mezbonligida kechadigan jahon chempionati bahslarida 24 ta davlatdan jamoalar ishtirok etadi hamda ushbu chempionat o'yinlarining saralash bahslari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o'tkaziladi.
✅Bugun Ichki ishlar vaziri o'rinbosari B.Abdullayev, Sport vaziri o'rinbosari Sh.Maxmudov, Voleybol Federatsiyasi mutasaddilari hamda universitet rahbariyati ishtirokida Voleybol bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatiga universitetda olib borilgan tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, jahon chempionati bahslarini uyushqoqlik va yuqori darajada o'tkazish bo'yicha masʼullar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.