📱Yaponiya U19 yosh terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Ma'lumot o‘rnida
2025-yil 24-iyuldan 3-avgustgacha O‘zbekiston dunyo voleyboli tarixida yangi sahifa ochmoqda. Mamlakatimizda ilk bor FIVB Volleyball Boys’ U19 World Championship jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Bu musobaqa yosh voleybolchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnir hisoblanib, O‘zbekiston sporti, ayniqsa, voleybolining xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔺Jahon birinchiligi doirasida 24 ta davlatdan 288 nafar yosh voleybolchi ishtirok etadi. Musobaqani o‘tkazish uchun 56 nafar xalqaro, 50 nafar mahalliy hakam, shuningdek, 80 nafar texnik mutaxassislar jalb etiladi.
Ushbu jahon chempionatining saralash bahslari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasi (manej)da ham o‘tkaziladi.