#ota_onalar_forumi
♻️Bugun, 23-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Ota-onalar forumi” oliygoh birinchi prorektori Sherzod Mirzanovning kirish so‘zi bilan boshlandi.
✔️Prorektor o‘z nutqida har bir soha, jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasida ham malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi, bunda esa “Universitet hamda oila” o‘rtasida uzilmas ko‘prik hosil qilishni, tashkil etilayotgan mazkur forumning asosiy maqsadi ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish asnosida, farzandlari tarbiyasi va o‘qishlarini yakdillik bilan nazorat qilishdan iborat ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
📍O‘z navbatida forum davomida ota-onalarning ham fikrlari tinglandi va ularning bir guruhiga tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, tadbirning badiiy qismidan joy olgan sho‘x kuy-qo‘shiq va jozibador raqslar, iqtidorli talabalar ishtirokidagi ko‘rgazmali chiqishlar yig‘ilganlarni befarq qoldirmadi.